Yoshlar toifasida bir qator yoʻnalishlarda gʻolib va sovrindorlar aniqlandi.

Ahamiyatlisi, sovrinli oʻrinlar uchun kurash Oʻzbekiston va Gonkong jamoalari oʻrtasida kechdi. Dasturga kiritilgan barcha yoʻnalishlarda ham aynan ushbu jamoa vakillari shohsupadan joy olishdi. Qizlarimizdan Dilnaz Murtazayeva jamoamiz hisobiga navbatdagi oltin medalni taqdim etgan boʻlsa, yana 4 nafar vakilimiz oʻz yutuqlari qatoriga qitʼa chempionatining bronza medalini qoʻshib qoʻydi.

Qilichbozlik boʻyicha Osiyo chempionati (U-20)

Qizlar, shpaga:
1. Dilnaz Murtazayeva (Oʻzbekiston)
2. Xailin Chen (Gonkong)
3. Shahzoda Egamberdiyeva (Oʻzbekiston)
3. Sevara Rahimova (Oʻzbekiston)

Qizlar, rapira:
1. Ya Lei Leung (Gonkong)
2. Van Ying Chun (Gonkong)
3. Nok Sze Chan (Gonkong)
3. Maftunabonu Davronova (Oʻzbekiston)

Yigitlar, rapira:
1. Chin Yu Leung (Gonkong)
2. Lukas Choy (Gonkong)
3. Tit Nam Cheng (Gonkong)
3. Ilyas Molina (Oʻzbekiston)