Kecha Ammanda boʻlib oʻtayotgan qitʼa birinchiligining barcha yarim finalchilari maʼlum ekani haqida xabar bergan edik. Bugun start oladigan yarim finaldagi eng koʻp raqibimiz Moʻgʻuliston vakillari hisoblanadi. Ushbu mamlakat terma jamoasiga hamyurtimiz Abror Tursunpoʻlatov bosh murabbiylik qilyapti. Bu mutaxassis Olimpiada chempioni Fazliddin Gʻoibnazarovning murabbiyi hisoblanadi.

Bokschilarimiz Qozogʻiston va Hindistondan ikki nafardan raqibga qarshi ringga koʻtarilishadi. Quyida terma jamoamiz aʼzolarining raqiblari bilan tanishishingiz mumkin.

-51 kg: Hasanboy Doʻsmatov - Kharkhuu Enkhmandakh (Moʻgʻuliston)

-54 kg: Shahzod Muzaffarov - Mahmud Sabirxan ( Qozogʻiston)

-57 kg: Abdumalik Xalakov - Gantumur Lunda (Moʻgʻuliston)

-60 kg: Athamjon Muhiddinov - Bayarhuu Buyandalai (Moʻgʻuliston)

-63,5 kg: Ruslan Abdullayev - Chu En Lai (Taypeyi)

-67 kg: Asadxoʻja Moʻydinxoʻjayev - Dulat Bekbaurov (Qozogʻiston)

-75 kg: Saidjamshid Jafarov - Sumit (Hindiston)

-80 kg: Odiljon Aslonov - Bekjigit uluu Omurbek (Qirgʻiziston)

-92 kg: Madiyar Saidrahimov - Ahmat Sulayman Al-Teimat (Iordaniya)

+92 kg: Lazizbek Mullojonov - Nareendar (Hindiston)