2023-yilning 16-iyun – 16-iyul kunlari futbol boʻyicha “Osiyo kubogi-2023” oʻyinlari boʻlib oʻtadi. Kecha yakuniga yetgan uchinchi saralash bahslaridan soʻng Oʻzbekiston, Tailand, Iordaniya, Indoneziya, Falastin, Hindiston, Honkong, Bahrayn, Malayziya, Tojikiston, Qirgʻiziston terma jamoalari ham bu nifuzli turnirga yoʻl olishdi.
Avstraliya, Yaponiya, Eron, Iroq, Janubiy Koreya, Saudiya Arabistoni, Vyetnam, Suriya, Livan, Xitoy, Qatar, BAA, Umon termalari esa 2021-yili boʻlib oʻtgan 2022-yilgi jahon chempionati ikkinchi saralash turidan soʻng yoʻllanmani qoʻlga kiritib boʻlgandi.
“Osiyo kubogi-2023”ning qaysi mamlakatda tashkil etilishi shu yilning 17-oktyabr kuni boʻlib oʻtadigan OFK ijroqoʻmi yigʻilishida hal etiladi.
Maʼlumot uchun, Qatar amaldagi Osiyo chempioni hisoblanadi.