Qayd etilishicha, Osiyo Futbol Konfederatsiyasining 35-Kongressi oldidan Malayziyaning Kuala-Lumpur shahrida OFK Ijroiya qoʻmitasining 6-yigʻilishi boʻlib oʻtdi.
Unda Osiyo Futbol Konfederatsiyasi 2031-yilda boʻlib oʻtadigan Osiyo Kubogiga mezbonlik qilish uchun yettita nomzoddan ariza kelib tushgani eʼlon qilindi. OFK prezidenti Shayx Salmon bin Ibrohim Al Xalifa bu tashabbuslarni turnir tarixidagi eng yuqori koʻrsatkich, deya baholadi.
Qayd etilishicha, OFK 2025-yil 31-martgacha milliy terma jamoalar oʻrtasidagi qitʼa birinchiligini oʻzida qabul qilish uchun quyidagi assotsiatsiyalardan arizalarni qabul qildi:
- Avstraliya
- Hindiston
- Indoneziya
- Koreya Respublikasi
- Kuvayt
- BAA
- Oʻzbekiston, Tojikiston va Qirgʻiz Respublikasi (qoʻshma ariza)
Endilikda OFK nomzod assotsiatsiyalar bilan belgilangan vaqt va talablar asosida tanlov hujjatlarini tayyorlash va topshirish jarayonini boshlaydi.