Ma'lumki, 2024 yilning 14 yanvar – 10 fevral kunlari Qatarda futbol bo'yicha  Osiyo Kubogi musobaqalari bo'lib o'tadi.  Osiyo Futbol Konfederatsiyasi mazkur musobaqada faoliyat yuritadigan  hakamlar ro'yxatini e'lon qildi

Musobaqaga o'zbekistonlik Ahrol Risqullaev va Ilgiz Tantashev bosh hakam sifatida taklif qilingan. Turnirda, shuningdek, ikki nafar yordamchi hakam – Timur Gaynulin va Andrey Tsapenko, texnik ekspert Farhod Abdullaev ham ishtirok etadi.