Qayd etilishicha, ushbu bahsni qatarlik Muhammad Ahmad Al-Shammari boshqarib boradi. Unga qanotlarda Yusuf Aref Al-Shamari (Qatar) va Nuannid Dornjangrid (Tailand) yordam beradi. 4-rasmiy hakam sifatida Kim Yu-Jeong (Koreya R.), VARda esa Daniel Jon Elder (Avstraliya) faoliyat yuritadi.

Oʻyin Toif shahridagi “Qirol Fahd” stadionida Toshkent vaqti bilan soat 20:00 da boshlanadi.

Eslatib oʻtamiz, mazkur oʻyinda futbolchilarimiz toʻliq oq libosda, darvozabonimiz esa qora libosda harakatlanadi.