Osiyo Kubogida Tailandga qarshi o'yinga oz vaqt qoldi. Kimlar asosiy tarkibda?

    Sport 30 Yanvar 2024 560

    Bugun, 30 yanvar kuni Osiyo Kubogi nimchorak finalida O'zbekiston milliy terma jamoasi Tailandga qarshi bahs olib boradi. Jamoa bosh murabbiyi Srechko Katanets Tailandga qarshi asosiy tarkibda quyidagi futbolchilarni tushirdi.

    Asosiy tarkib: Oʻtkir Yusupov, Farrux Sayfiyev, Rustam Ashurmatov, Diyor Holmatov, Odil Hamrobekov, Jaloliddin Masharipov, Oston Urunov, Umarbek Eshmurodov, Aziz Turgʻunboyev, Abbos Fayzullayev, Abduqodir Husanov.

    Zahira: Nematov, Ergashev, Hamraliyev, Iskanderov, Nasrullayev, Boltaboyev, Abdiqoliqov, Abdullayev, Erkinov, Umarov, Amonov, Abdirahmatov.

    Asosiy tarkib futbolchisi hisoblangan Otabek Shukurov esa tumov kasalligiga duchor boʻlib, unda yuqori harorat kuzatilayotganligi sababli bugungi oʻyinda maydonga tusha olmaydigan boʻldi.