Bugungi kun musobaqalari doirasida vakillarimiz akademik eshkak eshish va zamonaviy beshkurashning qilichbozlik yo'nalishida bahslarga kirishdi.
Dastlab, akademik eshkak eshishning uchta yo'nalishi bo'yicha saralash bahslarida ishtirok etgan sportchilarimiz ikkita yo'nalishda to'g'ridan-to'g'ri finalga chiqish masalasini hal etdi.
Jumladan:
1. Akademik eshkak eshish, engil vaznli ayollar juftligi. Luizaxon Islomova, Malika Tagmatova - 7 daqiqa, 1,80 soniya. (2-natija) - O'tish bosqichida ishtirok etadi.
2. Akademik eshkak eshish, engil vaznli erkaklar juftligi. Shahzod Nurmatov, Sobirjon Safaroliev - 6 daqiqa, 20 soniya. (1-natija) - A finaliga yo'l oldi.
3. Akademik eshkak eshish, erkaklar, juftlik. Shahboz Xolmurzaev, Mehrojbek Mamatqulov - 6 daqiqa, 16,35 soniya. (1-natija) - A finaliga yo'l oldi.
E'tiborlisi, bundan keyin bahslarga kirishgan sportchilarimiz ham finalga yo'l oldi.
Xususan:
1. Akademik eshkak eshish, erkaklar juftlik: Shehroz Hakimov, Dilshodjon Xudoyberdiev - 6 daqiqa, 33 soniya va 37 sekund (A finaliga yo'l oldi)
2. Akademik eshkak eshish, erkaklar, jamoaviy: Anatoliy Krasnov, O'ktamjon Davronov, Shuhrat Shodiev, Fazliddin Karimov, Zafar Usmonov, Alisher Turdiev, Davrjon Davronov, Evgeniy Agafonov, Farruh Oblaqulov - 5 daqiqa, 41 soniya va 97 sekund (A finaliga yo'l oldi).
Eslatib o'tamiz, ayni damda zamonaviy beshkurashning qilichbozlik sport turi doirasida o'zbekistonlik Samira Abzalova hamda Alise Fahrutinova ishtirokini davom ettirmoqda.