Maʼlumki, Xitoyning Xanchjou shahrida shu yilning 10-25-sentyabr kunlari XIX Osiyo oʻyinlari va 9-15-oktyabr kulari IV Paraosiyo oʻyinlari boʻlib oʻtishi kerak edi. Lekin turnirning tashkiliy qoʻmitasi ushbu tadbirlar nomaʼlum muddatga qoldirilganini maʼlum qildi.
Musobaqaning kechiktirilishiga Xitoydagi koronavirusning yangi toʻlqini bilan bogʻliq vaziyat sabab ekanligi aytilmoqda.
Shu oʻrinda aytish lozimki, Xanchjou Xitoyning Shanxay shahri yaqinida joylashgan. Bu shaharda esa yaqinda koronavirus tufayli bir haftalik karantin joriy etilgan edi.
Osiyo va Paraosiyo oʻyinlari oʻtadigan yangi sanalar keyinroq eʼlon qilinadi.