94-Oskar mukofotini topshirish marosimida birinchi marta tomoshabinlar oʻzlarining sevimli filmlarini tanlashlari mumkin boʻlib, u maxsus foydalanuvchi nominatsiyasida norasmiy mukofotga ega boʻladi.

Ovoz berish Twitter ijtimoiy tarmogʻi koʻmagida boʻlib oʻtadi va internet foydalanuvchilaridan 3 nafari Oskar-2023 marosimining mehmoni boʻladi. Va ularning barcha sayohat xarajatlari qoplanadi.

Qayd etilishicha, bu yangilik soʻngi vaqtlarda Oskar mukofotining reytinglari tushib ketishi fonida paydo boʻlgan. Shunday qilib, marosimda Twitter foydalanuvchilari oscarsfanfavorite.com saytida 2021-yilgi filmga ovoz berishlari mumkin boʻladi. Muxlislar hali ham #OscarsFanFavorite xeshtegidan foydalanib, oʻz sevimli filmlarini tvit qilish imkoniyatiga ega.

3-martgacha eng koʻp muxlislar ovozini toʻplagan kino Oskar 2022 translyatsiyasi vaqtida taqdirlanadi. Aksiyaning beshta ishtirokchisi yillik kino taloni, striming xizmatlariga obuna va Akademiya muzeyi doʻkonidan eksklyuziv buyumlar bilan katta sovrinlar paketini oladi.

Kino muxlislari kuniga 20-martagacha post qoʻyishlari mumkin boʻladi. Ovoz berish muddati 14-fevraldan 3-martgacha. Shuningdek, ular filmdagi oʻzlari yoqtirgan sahnaga ham ovoz berish imkoniyatiga ega.

Maʼlumot uchun: bu yilgi “Oskar” yilning bosh kino mukofotini topshirish marosimi 27-mart, yakshanba kuni boʻlib oʻtadi.

Nasiba Toʻxtayeva