Tovar moddiy boyliklarini yurtimizga bojxona nazoratini chetlab olib oʻtishga boʻlgan urinishlarga bojxona organlari tomonidan oʻz vaqtida chek qoʻyilmoqda.
Xususan, Davlat bojxona qoʻmitasi Kontrabandaga qarshi kurashish va bojxona auditi bosh boshqarmasi xodimlari Fargʻona viloyati bojxona boshqarmasi Kontrabandaga qarshi kurashish va bojxona auditi boʻlimi xodimlari bilan hamkorlikda Oltiariq tumanida tezkor tadbir oʻtkazishdi.
Tadbir davomida fuqaro K.R. boshqaruvidagi “Hyundai Porter II” rusumli yuk avtotransport vositasi Oltiariq tumani hududida toʻxtatilib, oʻrnatilgan tartibda koʻzdan kechirildi. Natijada, mazkur avtotransport vositasida xorijda ishlab chiqarilgan hamda bojxona rasmiylashtiruvidan oʻtganligini tasdiqlovchi hujjatlari boʻlmagan, qiymati 101 million soʻmlik 2200 dona osma ventilyator tovarlari borligi aniqlandi.