Kecha, 20-aprel kuni Saudiya Arabistonida oʻtgan oʻsmirlar oʻrtasidagi Osiyo chempionati gʻolibi boʻlgan Oʻzbekiston terma jamoasi futbolchilariga Prezident sovgʻasi berilishi kutilmoqda.
Turli ijtimoiy tarmoqlarning oʻz manbalariga tayanib tarqatgan xabarlariga koʻra, futbolchilarga Chevrolet Cobalt avtomobillari, jamoa murabbiylar shtabiga esa Chevrolet Tracker avtomobili taqdim etiladi.
Maʼlumot uchun, Oʻzbekiston oʻsmirlar terma jamoasi bugun soat 19:00da Islom Karimov nomidagi Toshkentga xalqaro ayeraportida kutib olinadi.