Ushbu savolga Yo.Toʻraqulov nomidagi Respublika ixtisoslashtirilgan endokrinologiya ilmiy-amaliy tibbiyot markazi boʻlim mudiri, tibbiyot fanlari nomzodi Nasiba Alimova javob berdi.

– Oʻsmirlik – insonning jismoniy va ijtimoiy rivojlanishida muhim palla hisoblanadi, – deydi mutaxassis. –  Bu davrda organizmda turli gormonal oʻzgarishlar sodir boʻladi. 

Gormonlar oʻgʻil-qizlarning normal oʻsishi va tananing rivojlanishida muhim oʻrin tutib, bu endokrin tizimning meʼyorda ishlashini talab etadi.

Biroq oʻsmirlikda gormonlarning sekretor maromi buzilib, ular koʻpayishi mumkin. Ushbu holat baʼzida ovoz dagʻallashishiga sabab boʻladi. Ammo bu vaqtinchalik holat.

Bordiyu ovoz yoʻgʻonlashishi qalqonsimon bez kasalliklari ovoz paychalarining zararlanishi bilan bogʻliq boʻlsa, tibbiy tekshiruvdan oʻtish talab etiladi. 

Buning uchun endokrinolog-shifokor masalahati zarur. Ushbu mutaxassis qalqonsimon bezning UTT tekshiruvi bilan birga, gormonlar tahlili (TTG erkin T4)dan soʻng bemorga kerakli davo muolajalarini tayinlaydi.