Futbol boʻyicha Oʻzbekiston U-17 terma jamoasi Tailandda oʻtayotgan Osiyo kubogining chorak finalida Saudiya Arabistoni jamoasini 2:0 hisobida magʻlubiyatga uchratib, yarim final bilan birga joriy yil Indoneziyada oʻtadigan jahon chempionati yoʻllanmasini ham qoʻlga kiritdi.
U-17 Osiyo kubogi.
Chorak final. Tailand. “Tamassat” stadioni.
Saudiya Arabistoni U17 - Oʻzbekiston U17 - 0:2
Gollar: Al Burayh 79 (avtogol), Dilshod Abdullayev 84.
Oʻzbekiston U-17: 21. Muhammadyusuf Sobirov, 5. Azizbek Tulkunbayev, 6. Ozodbek Oʻktamov, 7. Laziz Mirzayev, 8. Behruz Shukurullayev, 13. Behruz Jumatov, 14. Shodiyor Shodiboyev, 16. Muhammadali Reimov, 17. Ollobergan Karimov, 19. Sherzodbek Abdulboʻriyev, 23, Dilshod Abdullayev.
Zaxira: Noʻmonov, Toʻlaboyev, Otaxonov, Olimov, Ikromov, Yakubov, Saidov, Oʻrmonjonov, Turgʻunboyev, Akopov, Abrayev.