“Osmondagi bolalar-3” badiiy filmining tasvirga olish jarayoni boshlandi

    Ushbu filmning birinchi va ikkinchi qismlari, xalqimizga manzur boʻlgan va tomoshabinlarning qalblarida ijobiy iz qoldirgan edi.

    Suratga olinayotgan filmning uchinchi qismida, film qahramonlarining voyaga yetgan davrlaridagi voqealar xaqida soʻz ketadi.

    Filmning postanovkachi rejissyori - Zulfiqor Musoqov, Ikkinchi rejissyor - Muattar Mirredjabova, Postanovkachi operator - Azizbek Arziqulov, Postanovkachi rassom - Mariya Soshina, Liboslar boʻyicha rassom - Irina Litvinenko, Kartina direktori - Shuhrat Hamidullayevlar ayni paytda qizgʻin ish olib borishmoqda.

    Ijodiy guruh filmning 3-qismi ham tomoshabinlarda katta taassurot qoldirishiga umid bildirmoqda, deya xabar beradi Kinematografiya agentligi Axborot xizmati.