Oston O'runov faoliyatini “Ximki”da davom ettirishi mumkin

    Futbolchi maoshi kamayishiga rozi bo'lgan

    Eurostavka.ru sayti xabariga qaraganda, Moskvaning “Spartak” klubi yarim himoyachisi, o'zbekistonlik 21 yoshli futbolchi Oston O'rinov Moskva oblastining “Ximki” jamoasiga o'tish uchun maoshi kamayishiga rozi bo'lgan.

    Avvalroq u “Spartak”ning yoshlar jamoasi safiga o'tkazilgandi.

    Ma'lumot uchun, O O'rinov “Spartak” bilan 2025 yilgacha shartnoma imzolagan. SHartnoma bo'yicha uning maoshi oyiga 50 ming evro etib belgilangan edi.