Kechiktirilgan avireyslarning aniq uchish vaqti noma'lum.
Aeroport matbuot xizmati vaziyat bartaraf etilgandan so'ng qo'shimcha ma'lumot berishini aytdi.
27-fevral kuni soat 07:50 da yong'in kelib chiqqani haqida Ostona xalqaro aeroportining kommutatsiya markazidan xabar keldi. Soat 08:24 da yong'in to'liq bartaraf etildi. Yong'in o'chirilayotgan paytda kuchli tutun tufayli aeroport terminalidagi barcha yo'lovchilar xavfsiz joyga evakuatsiya qilingan.
Yong'inni o'chirish ishlariga 20 ta asosiy texnika, 3 ta maxsus texnika hamda 58 kishi jalb etilgan, deb xabar beradi report.az.