Mutafakkir shoirning bronza haykali Ostona shahrining “Doʻstlik” va “Qabanboy botir” koʻchalari kesishmasiga joylashtirildi.
Balandligi toʻrt metrdan ziyod boʻlgan mazkur haykal Oʻzbekiston halq rassomi, haykaltarosh Jasvant Annazarov tomonidan yaratildi.
Haykalni oʻrnatish jarayonida Oʻzbekistoning Qozogʻistondagi Favqulodda va muxtor elchisi S.Niyazxodjayev, Oʻzbekiston Badiiy akademiyasi raisi oʻrinbosari F.Tashmuxamedov, haykal muallifi J.Annazarov ishtirok etdi.