Ostona shahrida qor yog'di

    Ostonada (Qozog'iston) to'satdan birinchi qor yog'di. Havo harorati -2 darajaga tushib, kuchli shamol kuzatildi.

    Ayrim ostonaliklar allaqachon mo'ynali palto va kurtka kiyib olishgan. Yo'llar sirpanchiq, biroq ba'zi joylarda qor ostida yashil o'tlarni ko'rish mumkin.

    Ko'pgina avtomobil egalari yozgi shinalarini qishki shinalarga almashtirish uchun avtomobillarini ta'mirlash ustaxonalarida olib borishmoqda.

    Bu yil qor o'tgan yilgidan yarim oy oldin yog'di.

    Shu sababdan poytaxt aeroportida 8 ta aviareys kechiktirildi, deb xabar beradi tengrinews.kz.