OXMM mamlakatda likvidli va muvozanatli kapital bozorini rivojlantirish uchun tashkil qilingan. U investorlarni kapital hamda moliyaviy xizmatlar va investitsiya vositalarining keng doirasi bilan taʼminlovchi yagona platformadir. OXMM umumiy ingliz huquqi asosida faoliyat yuritadi hamda unga xalqaro ishtirokchilarni jalb qilish uchun bir qator imtiyoz va preferensiyalar joriy etilgan.
OXMM rahbariyati investitsiya va moliyaviy sohada qonunchilikni takomillashtirish, bank-moliya yoʻnalishidagi islohotlarni amalga oshirish, kapital bozori va fintex startaplariini rivojlantirishni ragʻbatlantirish, barqaror rivojlanish maqsadlariga erishish, Islomiy va “yashil” moliyalashtirish vositalarini joriy etish hamda raqamlashtirish borasida oʻz tajribalari va erishilgan natijalari bilan oʻrtoqlashdi.
Delegatsiya aʼzolari shuningdek, OXMM Moliyaviy xizmatlarni tartibga solish boʻyicha qoʻmitasi, OXMM sudi, Xalqaro arbitraj markazi (XAM), shuningdek, OXMM “Ekspat markazi”, Uzluksiz kasbiy rivojlanish byurosi (BCPD), Moliyaviy texnologiyalar markazi (Fintech Hub) hamda OXMM Birjasi kabi OXMM organlari tashkilotlarining faoliyati bilan tanishdi.
Uchrashuv yakunida tomonlarni qiziqtirgan turli sohalarda hamkorlikni yoʻlga qoʻyish toʻgʻrisida kelishuvga erishildi, deb xabar beradi Investitsiyalar va tashqi savdo vazirligi matbuot xizmati.