Ota aliment uchun salkam 64 million soʻmni oldindan toʻlab berdi

    Aslida, qarzdor hozirgacha aliment talabini oʻz vaqtida bajarib kelayotgandi.

    Fuqarolik ishlari boʻyicha Yangiqoʻrgʻon tumanlararo sud buyrugʻiga asosan, A.Ismoilovdan undiruvchi G.Xudoyberdiyeva foydasiga bir nafar voyaga yetmagan farzandining moddiy taʼminoti uchun aliment undirish belgilangandi.

    Shunga muvofiq, Majburiy ijro byurosi Yangiqoʻrgʻon tuman boʻlimi xodimlari tegishli ijro harakatlarini olib borgan. Qolaversa, ota farzandi to 18 yoshga toʻlgunga qadar hisoblangan toʻlovni avvaldan amalga oshirish niyatida davlat ijrochisiga murojaat etgan.

    Kuni kecha ota tomonidan jami 63.6 mln. soʻm mablagʻni aliment undiruvchi nomiga rasmiylashtirilgan plastik karta orqali birdaniga oʻtkazib berdi.

    Farhod OTABOYEV,
    MIB Yangiqoʻrgʻon tuman boʻlimi boshligʻi