Ota farzandi uchun alimentni oldindan toʻlab berdi

    Majburiy byuroning Izboskan tuman boʻlimida fuqarolik ishlari boʻyicha Izboskan tumanlararo sudining qarzdor J.A.dan undiruvchi Oʻ.A. foydasiga bir nafar voyaga yetmagan farzandi taʼminoti uchun qariyb 50 mln miqdorida aliment pulini oldindan toʻlab berdi.

    Qayd etilishicha, taraflarning oʻzaro kelishuviga muvofiq, qarzdor farzandi uchun 47 600 000 soʻm miqdoridagi aliment pullarini oldindan toʻlab berdi va undiruvchining arizasiga muvofiq ijro ishi tamomlandi.

    Maʼlumot uchun, ijro harakatlari davomida qarzdor tomonidan aliment pullari oʻz vaqtida toʻlab kelingan.