Ota-ona qaramogʻidan mahrum boʻlgan voyaga yetmagan qiz Turkiyadan Oʻzbekistonga qaytarildi

    Xalqaro hamkorlik 16 Aprel 2025 592

    Oʻzbekiston Respublikasining Turkiyadagi Elchixonasiga kelib tushgan maʼlumotlar asosida, xorijda ota-onasi qaramogʻidan mahrum boʻlgan voyaga yetmagan qizni vatanga qaytarildi.

    Qayd etilishicha, Oila va xotin-qizlar qoʻmitasi va Oʻzbekiston Respublikasining Turkiyadagi elchixonasining saʼy harakatlari natijasida voyaga yetmagan qiz bugun,15-aprel kuni Toshkent xalqaro aeroportida Oila va xotin-qizlar qoʻmitasi, Ichki ishlar vazirligi, hamda Ijtimoiy himoya milliy agentligining masʼul xodimlari tomonidan kutib olingan.

    Hozirda u Toshkent shahar voyaga yetmaganlarga ijtimoiy-huquqiy yordam koʻrsatish markaziga vaqtincha joylashtirildi. Joylashtirishning muqobil shakli belgilangunga qadar qizga ushbu markazda zarur ijtimoiy-huquqiy yordam koʻrsatish rejalashtirilgan.