Bugun tonggi vaqtda Toshkent aeroportiga murakkab hayotiy vaziyatga tushib qolgan ikki nafar voyaga yetmagan fuqaro yetib kelindi, deb yozadi Ijtimoiy himoya milliy agentligi axborot xizmati.
Qayd etilishicha, ular ota-onalarining deportatsiya qilinishi oqibatida Moskvada qarovsiz qolgan 3 yoshli qizaloq va 15 yoshli oʻgʻil boladir. Bolalarga Moskvadagi “Altufevo” voyaga yetmaganlarni ijtimoiy reabilitatsiya qilish markazi xodimlari hamrohlik qildi.
Ijtimoiy himoya milliy agentligi tomonidan bolalar va ularning oilalariga hayotga moslashish va barqarorlikni tiklash uchun barcha zarur ijtimoiy xizmatlar koʻrsatiladi.
Xorijda ogʻir hayotiy vaziyatga tushib qolgan bolalarni qaytarish va ularga ijtimoiy yordam koʻrsatish ishlari izchil davom ettirilmoqda.