Jumladan, Islom Karimov nomidagi Toshkent davlat texnika universiteti Olmaliq filiali talabalari tomonidan Oʻzekspomarkaz milliy koʻrgazmalar majmuasida imtihon topshirayotgan abituriyentlar ota-onalarining kayfiyatini koʻtarish maqsadida turli koʻngilochar tadbirlar tashkil etildi.
Shu bilan birga, ota-onalarning imtihon jarayoni haqidagi fikr-mulohazalari oʻrganildi. Viktorina oʻyinlari tashkil etilib, faol ishtirokchilarga esdalik sovgʻalar topshirildi.











