Ota oʻz bolasini aql kiritish maqsadida kaltakladi

    Xavfsizlik 9 Yanvar 2024 716

    Ijtimoiy tarmoqlarda Urganch shahrida yashovchi 2009-yilda tugʻilgan, voyaga yetmagan fuqaroning tan jarohatlari bilan tasvirga olingan videolavha tarqalmoqda.

    Aniqlanishicha, ushbu bolaga tan jarohatlar joriy yilning 7-yanvar kuni oʻzining otasi 1972-yilda tugʻilgan A.X. tomonidan oʻgʻli axloqsizlikka yoʻl qoʻygani vaji bilan yetkazilgan, deb xabar beradi IIV matbuot kotibi Sh.Gʻiyosov.

    Hozirda voyaga yetmagan bolaga tibbiy va psixologik yordam koʻrsatilgan. Tegishli sudga oid ekspertizalar tayinlangan. Holat yuzasidan Urganch shahar Ichki ishlar organlari tomonidan tergov oldi surishtiruv harakatlari olib borilmoqda.