Fuqarolik ishlari boʻyicha Qarshi tumanlararo sudining 13.02.2017 yildagi buyrugʻiga asosan qarzdor fuqaro Б.Тилововдан undiruvchi Р.Норбўтаева foydasiga bir nafar farzandining moddiy taʼminoti uchun aliment undirilishi belgilangan.
Ijro hujjati boʻyicha qarzdor Б.Тиловов shu kunga qadar aliment pullarini kam miqdorda toʻlab kelganligi oqibatida qarzdorlik 26 mln soʻmga yetgan.
Majburiy ijro byurosi Qarshi tuman boʻlimi davlat ijrochisi tomonidan bir necha marotaba ogohlantirilishiga qaramasdan mablagʻi yoʻqligini bahona qilib kelgan.
Shundan soʻng, davlat ijrochisi qarzdor Б.Тилововга nisbatan Oʻzbekiston Respublikasi MJtKning 47-4-moddasiga asosan maʼmuriy javobgarlikka doir ish hujjatlarini toʻplab, sudga taqdim qilgan.
Sud zalida maʼmuriy qamoq jazosi haqida yetarlicha tushunchalarga endigina ega boʻlgan qarzdor 26 mln. 734 ming soʻm naqd pulni juda tez va osongina topa qoldi ham. Shu yoʻsinda voyaga yetmagan farzandning bir necha oylar davomida davomida toʻlanmasdan kelinayotgan aliment pullari toʻliq undirib berildi.