Ota voyaga yetgunga qadar oldindan 2000 AQSH dollari miqdorida toʻlab berdi

    Maʼlumki, amaldagi qonunchilik talablariga koʻra alimentlarni oldindan toʻlash bola voyaga yetguniga qadar har qanday davr uchun besh yildan kam boʻlmagan muddatga amalga oshiriladi.

    Aynan bu borada Majburiy ijro byurosi Namangan shahar boʻlimi tomonidan ham tizimli chora-tadbirlar amalga oshirib kelinmoqda.

    Byuroning Namangan shahar boʻlimi ish yurituviga olingan hujjatda fuqarolik ishlari boʻyicha Uchqoʻrgʻon tumanlararo sudining 2007-yildagi buyrugʻiga asosan qarzdor Oʻtkir Yoʻlchiyev (ismi familiyasi oʻzgartirilgan)dan undiruvchi Sohiba Yoʻlchiyeva (ismi oʻzgartirilgan) foydasiga 1 nafar voyaga yetmagan farzandi moddiy taʼminoti uchun aliment undirish belgilangan.

    Mazkur ijro hujjati boʻlimga kelib tushgan va qaror qabul qilinib taraflarga yuborilgan. Ota farzandi moddiy taʼminotini har oyda oʻz vaqtida berib kelayotgan edi. Oʻz oʻrnida fuqaro Oʻtkir Yoʻlchiyevga amaldagi tartibga koʻra bir farzandi uchun moddiy taʼminotni to voyaga yetgunga qadar toʻlashi mumkinligi tushuntirib oʻtildi.

    Shundan soʻng u boʻlimga ariza bilan murojaat etdi va qanoatlantirildi. Hisoblangan aliment summasi uchun 2000 AQSH dollari toʻlab berdi. Amalda ijro hujjati tamomlandi.

    Bobur Abdulvoitov,

    MIB Namangan shahar boʻlimi davlat ijrochisi