Birlashgan Arab Amirliklarining “Sharja” klubida faoliyat koʻrsatayotgan hamyurtimiz Otabek Shukurov Turkiyaning “Fotih Karagyumruk” jamoasiga oʻtishi mumkin.
BAA klubi matbuot xizmati Turkiya jamoasi oʻzbekistonlik 26 yoshli yarim himoyachi bilan yakuniy muzokaralar oʻtkazayotganini maʼlum qildi.
Ayni paytda “Fotih Karagyumruk”ga “Yuventus”ning sobiq yarim himoyachisi va murabbiyi Andrea Pirlo bosh murabbiylik qilmoqda. Jamoa oʻtgan mavsumni Turkiya Superligasida 8-pogʻonada yakunlagan.