Otasining qaroridan norozi boʻlgan oʻgʻil otxonaga oʻt qoʻydi

    Xavfsizlik 29 Noyabr 2022 1336

    Jizzax viloyati Sharof Rashidov tumani Qangʻli mahalla fuqarolar yigʻini istiqomat qiluvchi S.A tumanning Nurafshon mahallasida yashovchi otasi A.J.ning qaroridan xafa boʻldi.

    Chunki otasi Yoyilma mahallasi hududidagi otxonasi hamda u yerdagi mol-mulklarini ukasi A.S.ga bergandi.

    Qisqasi, mol-mulk notoʻgʻri taqsimlandi, deb hisoblagan S.A. “na senga, na menga” qabilida ish tutib otxonaga benzin sepib, yoqib yubordi.

    Oqibatda qiymati 102 million soʻmlik 17 bosh toy hamda bozor narxi 145 million 700 ming soʻmlik beda gʻarami hamda otxonaning tom qismi yonib ketdi. Holat yuzasidan jinoyat ishi qoʻzgʻatilgan.