65 yoshli erkak bu pulni qimor o'yinlariga sarflamoqchi bo'lgan. Voqea Yuan ismli xitoylik erkak nevarasini bog'chadan olib ketishga borganida yuz bergan. Biroq qizni ota-onasining oldiga olib borish o'rniga o'z qiziga qo'ng'iroq qilib, unga pul berishini aytgan.
Avvaliga xitoylik ayol otasini nabirasini qo'yib yuborishga ko'ndirmoqchi bo'lgan, ammo buning foydasi bo'lmagan. Keyin u politsiyaga yordam so'rab murojaat qilgan va ularga nima bo'lganini aytib bergan. Favqulodda vaziyat sodir bo'lgan joyga yetib kelgan huquq-tartibot idoralari xodimlari Yuanni hibsga olishgan.
Otaxon sud qarori ustidan shikoyat qilgan va uning ishiga oilaviy nizo sifatida qarash kerakligini bildirgan. Gap shundaki, Xitoy sudlari oiladagi ayrim jinoyatlarni oilaviy masala sifatida belgilashi mumkin – ular uchun jazo unchalik qattiq emas, deb xabar beradi mir24.tv.