Doʻstona muhitda oʻtgan muloqotda Sh. Umurzoqov tadbirkorlik faoliyatini kengaytirish va yangi loyihalarni amalga oshirish uchun yanada qulay sharoitlarni yaratish, tadbirkorlikni rivojlantirishga toʻsiq boʻlayotgan muammolarni bartaraf etish, investorlar uchun qulay muhit tashkil etish boʻyicha keng koʻlamli ishlar qilinayotganligini taʼkidladi. Poytaxtimizda amalga oshirilayotgan va rejalashtirilayotgan yirik loyihalar haqida batafsil soʻzlab berdi.
Uchrashuvda Enriko Pinali berilgan toʻliq maʼlumot uchun minnatdorlik bildirdi.
Tomonlar oʻzaro hamkorlik istiqbol va yoʻnalishlarini batafsil muhokama qilish va muloqotni davom ettirishga kelishib oldilar, deb xabar beradi Toshkent shahar hokimligi matbuot xizmati.