Xabar yuzasidan FVV axborot xizmati maʼlumot berdi.

Maʼlum qilinishicha, bugun, 11-may kuni soat 13:23 da Toshkent shahar Chilonzor tumani Bunyodkor shox koʻchasida harakatlanayotgan “Damas” rusumli avtomobilda yongʻin sodir boʻlgan.

Shunga koʻra 2 ta yongʻin-qutqaruv ekipaji soat 13:34 da voqea joyiga yetib borib, yongʻin soat 13:37 da oʻchirilgan. Hodisa oqibatida tan jarohati olgan va halok boʻlganlar yoʻq.

Yongʻin sababi va moddiy zarar miqdori aniqlanmoqda.