Davlatimiz rahbari bu yil iqtisodiyotda xizmatlar ulushi 43,5 foizga yetishi kutilayotgani, lekin bu yetarli emasligini taʼkidladi.

Oʻtgan 11 oyda 421 trillion soʻmlik xizmatlar koʻrsatilgan. Bu oʻtgan yilga nisbatan 13,6 foiz koʻp, xolos.

Ayniqsa, Guliston, Nurafshon, Yangiyer, Yangiyoʻl, Termiz, Xonobod, Nukus, Ohangaron va Chirchiq shaharlarida oʻsish 10 foizdan kam, Peshku, Uchkoʻprik, Asaka va Piskent tumanlarida 4 foiz ham boʻlmadi.

Sohalar kesimida tahlil qilganda, bugungi kunda moliya, transport, savdo, turizm, taʼlim, tibbiyot va “Ay-Ti” jami xizmatlar hajmining 85 foizini berayapti.