Oʻtgan 11 oyda chegara orqali harakatlangan transport soni 3 millionga yetdi

    Kelgusi yilda “Gʻishtkoʻprik”, “Navoiy”, “Dovut-ota”, “Shovot” va “Gulbahor” chegara postlarida qoʻshimcha koridorlar qurilib, oʻtkazish quvvati 5 karra oshiriladi.

    Yigʻilishda Jahon savdo tashkilotiga aʼzo boʻlish jarayonlari yakuniy bosqichga kirayotgani aytildi. AQSH, Xitoy kabi yirik davlatlar bilan kelishuvlarga erishildi.

    Jahon savdo tashkiloti qoidalariga zid boʻlgan imtiyozlar bekor qilinayotgan boʻlsa-da, davlat tadbirkorlarni qoʻllab-quvvatlash, adolatli raqobat muhitida ishlashi uchun zarur boʻlgan barcha sharoitlarni yaratishda davom etishi taʼkidlandi.

    Bu yil qoʻshni mamlakatlar bilan chegaradan oʻtish bilan bogʻliq bir qator masalalarga yechim topildi.

    Xususan, 13-yil yopiq boʻlgan Andijonning “Xonobod”, “Mingtepa” va “Qorasuv” hamda 8-yil ishlamagan “Uchqoʻrgʻon” chegara postlari tiklandi. Natijada aholi va tadbirkorlar yoʻli 100 kilometrga qisqardi.

    Umuman, oʻtgan 11 oyda chegara orqali harakatlangan transport soni 400 mingga oshib, 3 millionga yetdi.

    Kelgusi yilda “Gʻishtkoʻprik”, “Navoiy”, “Dovut-ota”, “Shovot” va “Gulbahor” chegara postlarida qoʻshimcha koridorlar qurilib, oʻtkazish quvvati 5 karra oshiriladi.