O'tgan 3 oyda iste'molchilarga qancha tabiiy gaz yetkazib berilgani ma'lum qilindi

    Ko'rsatkich o'tgan yilning mos davriga nisbatan 0,8 foizga ko'p.

    Joriy yilning o'tgan 3 oyida respublika iste'molchilariga jami 13,5 mlrd kub metr tabiiy gaz yetkazib berildi. Bu haqida Energetika vazirligi rasmiy sahifalarida yozildi.

    Mazkur ko'rsatkich o'tgan yilning mos davriga nisbatan 112 million kub metr yoki 0,8 foizga ko'p.

    Shuningdek, 211,8 ming tonna suyultirilgan gaz yetkazib berildi. Bu o'tgan yilning mos davriga nisbatan 22,5 ming tonnaga yoki 11,9 foizga ko'p.