Bu yil mamlakatimizda yetishtirilgan qovun va tarvuzlar 14 ta xorijiy davlatlar bozorlariga yetkazib berilgan boʻlib, oʻtgan yilning mos davriga nisbatan 18,5 ming tonnaga yaʼni qariyb 5,3 baravarga oshgan.
Qozogʻiston (11,8 ming tonna), Rossiya (6,3 ming tonna), Qirgʻiziston (2,9 ming tonna), Belarus (527 tonna), Latviya (524 tonna), Ukraina (484,2 tonna), Germaniya (131,2 tonna), Moldova (59,5 tonna) oʻtgan 6 oy mobaynida Oʻzbekiston eng koʻp qovun va tarvuz eksport qilgan davlatlar roʻyxatida yuqori pogʻonalarda qayd etilgan.









