Oʻtgan besh oyda Qashqadaryodagi 551 ta mahallada birorta ham jinoyat sodir etilmadi

    Shu bilan birga, sodir etilayotgan har uchta jinoyatdan bittasi viloyat markazidan uzoqda joylashgan, turistlar koʻp tashrif buyuradigan Shahrisabz, Kitob, Chiroqchi, Yakkabogʻ tumanlari va Shahrisabz shahriga toʻgʻri kelayotgani qayd etildi.

    Masʼullarga mahallalarda kriminogen vaziyatni yaxshilashga qaratilgan “ichki ishlar organlari mintaqaviy boshqaruv tizimini” joriy etish topshirildi.

    Bunda viloyat ichki ishlar boshqarmasining xavfsiz turizm boʻyicha tizimi Shahrisabz shahrida joylashadi va ushbu 5 ta tumanda jinoyatchilikni jilovlashga masʼul boʻladi.

    Hozirda Qashqadaryoda 5,5 ming ishsiz yoshlar bor. Yana 36,5 ming bitiruvchi mehnat bozoriga kirib kelayapti.

    Yoshlarni “Yoshlar biznesi” dasturi, 13 ming nafar oliygoh bitiruvchisini “Kelajakka qadam” dasturiga qamrab olib, ularning tadbirkorligi va bandligiga koʻmaklashish topshirildi. Yana 5 ming yoshlar qishloq xoʻjaligida daromadli boʻladi.