Oʻtgan besh yil davomida quyi palata samarali faoliyat koʻrsatgani eʼtirof etildi

    Prezidentimiz oʻtgan chaqiriqda faoliyat koʻrsatgan deputatlarga samarali mehnatlari uchun chin dildan minnatdorchilik bildirdi.

    Avvalambor, parlamentimizning toʻrtinchi chaqiriq deputatlari mamlakatimizning kelgusi taraqqiyot yoʻnalishini belgilab bergan Asosiy qonunimizni yangi tahrirda tayyorlash va qabul qilishda jonbozlik koʻrsatdilar va bu Yangi Oʻzbekiston solnomasida yorqin tarixiy voqea sifatida muhrlandi.

    Quyi palata tomonidan 130 dan ortiq yangi va yaxlit qonunlar qabul qilindi. Bu – oldingi davrga nisbatan 1,5 karra koʻp.