O'tgan hafta birja savdolarida 588,0 tonna shakar sotildi

    Biznes 6 Iyul 2020 2003

    O'tgan hafta davomida, ya'ni 29 iyun` – 5 iyul` kunlari "O'zbekiston respublika tovar-xom ashyo birjasi" AJning barcha savdo platformalarida 1 078,3 mlrd so'mlik tovarlar sotilgan bo'lib, bu avvalgi haftaga nisbatan 3,7% ga kamdir.

    Bunda sotuvlarning 86,6% - birja savdolari, 5,4% - ko'rgazma-yarmarka savdolari, 7,2% - elektron davlat xaridlari va 0,8% - avtoraqamlarning onlayn-auktsioniga to'g'ri keldi.

    Kichik biznes va xususiy tadbirkorlik sub'ektlari ishtirokida tuzilgan bitimlarning umumiy hajmi 451,6 mlrd so'mni tashkil qildi, bu esa avvalgi haftaga nisbatan 5,8% ga ko'pdir. Davlat xaridlari tizimlarida o'tkazilgan elektron savdolar natijasida byudjet va korporativ buyurtmachilarining 17,0 mlrd so'mlik mablag'lari tejaldi.

    Ko'rib chiqilayotgan davr mobaynida onlayn auktsion orqali 2 818 ta avtoraqamlar sotildi, sotilgan davlat raqam belgilarining umumiy summasi 8,4 mlrd so'mni tashkil qildi. Raqobatli savdolar natijasida bitimlarning 4,2% birinchi toifadagi avtoraqamlarga, 15,7% ikkinchi, 23,8% uchinchi, 13,6% to'rtinchi, 18,1% beshinchi va 24,5% oltinchi toifa avtoraqamlarga tegishlidir.

    Birja savdolari

    Ko'rib chiqilayotgan davrda ochiq birja savdolari orqali jami 933,6 mlrd so'mlik tovar resurslari sotildi. Sotuvchi korxonalar mahsulotlarni tasdiqlangan jadvallarga rioya qilgan holda birja savdolariga qo'yishdi, shu jumladan:

    Paxta yog'i

    O'tgan haftada birja savdolariga 3 710,0 tonna paxta yog'i qo'yildi va ulardan 1 495,0 tonnasi, ya'ni 40,3% sotildi. O'tkazilgan savdolarda har kuni o'rtacha 53 ta xaridor ishtirok etdi.

    Ko'rib chiqilayotgan davrda barcha navli paxta yog'ining kunlik o'rtacha narxlari mahsulotning bir tonnasi uchun 9 216,8 ming so'mdan 9 343,5 ming so'mgacha, ya'ni 1,4% ga ko'paydi. Hafta yakunlariga ko'ra 1-navli paxta yog'ining haftalik kotirovkasi avvalgi haftaga nisbatan 3,6% ga ko'payib, mahsulotni bir tonnasi uchun 9 325,8 ming so'mni tashkil etdi.

    SHakar

    Hafta davomida birja savdolariga 4 744,0 tonna shakar qo'yildi va ulardan 588,0 tonnasi, ya'ni 12,4% sotildi.

    Ko'rib chiqilayotgan davrda shakarning barcha kategoriyasi bo'yicha shakllangan kunlik o'rtacha narxlar mahsulotning bir tonnasi uchun 5 850,0 ming so'mdan 5 823,1 ming so'mgacha, ya'ni 0,5% ga kamaydi. O'tkazilgan birja savdolari natijasida shakarning 3-kategoriyasi bo'yicha shakllangan o'rtacha haftalik narxi avvalgi haftaga nisbatan 0,3% ga pasayib, mahsulotni bir tonnasi uchun 5 823,9 ming so'mni tashkil etdi.

    Benzin

    O'tgan haftada birja savdolariga 155 001,0 tonna AI-80 markali avtomobil` benzini qo'yildi va ulardan 15 957,8 tonnasi, ya'ni 10,3% sotildi. O'tkazilgan savdolarda har kuni o'rtacha 54 xaridor ishtirok etdi.

    Birja savdolarida “O'zbekneftegaz” AJ neft` bazalari, avtomobil` yoqilg'i quyish shaxobchalari va benzinni o'z ehtiyojlari uchun xarid qiladigan boshqa yuridik shaxslar ishtirok etishdi.

    O'tgan haftada benzinning boshlang'ich narxi o'rtacha 9,0% ga ko'tarildi, shu sababli AI-80 markali avtomobil` benzinning kunlik o'rtacha narxlari mahsulotning bir tonnasi uchun 3 930,3 ming so'mdan 4 328,2 ming so'mgacha, ya'ni 10,1% ga ko'tarildi.

    Boshlang'ich narxning o'sishini hisobga olgan holda AI-80 rusumli avtomobil` benzinning o'rtacha haftalik kotirovkasi 12,8% ga ko'tarilib, benzinning bir tonnasi uchun 4 320,1 ming so'mni, AI-91 benzinining o'rtacha haftalik kotirovkasi 7,2% ga ko'tarilib, benzinning bir tonnasi uchun 4 781,4 ming so'mni tashkil etdi.

    eslatib o'tamiz, turli manbalarda keltirishicha avtomobil` benzinining bir tonnasi o'rtacha 1293-1370 litrni tashkil qiladi.