Shuningdek, qonun va qonunosti hujjatlarga rioya qilinishi va ijrosi yuzasidan Inspeksiya xodimlari tomonidan 56 mingta monitoring oʻtkazilib, tashkilot va korxonalarga 46 617 ta ogohnoma kiritildi. 

Oʻtkazilgan 17 370 ta tekshirishning 457 ta tadirkorlik subyektida Biznes-ombudsmanni xabardor qilish tartibida amalga oshirilgan.

Aniqlangan qonunbuzilish holatlari yuzasidan Inspeksiya vakolati doirasida huquqbuzarlarga nisbatan 6 850 ta holatda maʼmuriy jarima qoʻllanilgan. 

Joriy yilning yanvar-sentyabr oylarida 28 552 dona qishloq xoʻjaligi, melioratsiya va yoʻl qurilish texnikalari davlat roʻyxatidan oʻtkazilgan boʻlsa, ularga davlat roʻyxatiga olinganligi toʻgʻrisida 39 762 dona texnik pasport va 23 401 dona davlat raqam belgisi hamda 5 ming 743 dona texnik guvohnoma rasmiylashtirib berilgan