O'tgan uch oyda 4 ming 7 ta qonunbuzilish holatlari aniqlandi

    Raqamlashtirish 9 Aprel 2021 785

    Davlat xizmatlari agentligi Toshkent viloyati boshqarmasida davlat organlari va boshqa tashkilotlar tomonidan jismoniy va yuridik shaxslarga davlat xizmatlari ko'rsatishda ayrim qonunbuzilish holatlariga yo'l qo'yilayotgani aniqlanib, ular yuzasidan tegishli ta'sir choralari qo'llanilmoqda.

    Xususan, joriy yilning o'tgan 3 oyida vakolatli organlar tomonidan davlat xizmatlari ko'rsatilishida 4 ming 7 ta qonunbuzilish holatlari aniqlandi. Bularning 3 ming 554 tasida muddat buzilgan bo'lsa, 144 ta holatda murojaatlar asossiz rad etilgan.

    SHuningdek, 11 ta holatda ortiqcha hujjatlar talab etilgan, 197 holatda esa to'g'ridan to'g'ri xizmat ko'rsatilganligi bois mas'ul shaslarga nisbatan ta'sir choralari ko'rildi.

    O'rganishlar natijasida davlat xizmatlarini ko'rsatish borasidagi qaror va farmonlar ijrosi yuzasidan viloyat suv ta'minoti idoralari tomonidan 899 ta, sog'liqni saqlash muassasalari 610 ta, er resurslari va kadastr xizmati tomonidan 502 ta, gaz ta'minoti hududiy filiali tomonidan 381 ta, hokimliklar tomonidan 298 ta qonunbuzilishi holati aniqlangan. SHuningdek, 535 ta soliq organlari tizimida, 280 ta holatda qurilish bo'limi, 111 ta holatda esa elektr ta'minoti korxonasi tizimida qonunbuzilish holatlari qayd etilgan.

    O'tgan uch oyda vakolatli idoralarga 153 ta ta'sir choralari qo'llandi. SHundan 47 ta ogohnoma, 6 ta taqdimnoma kiritilishi natijasida 36 nafar mansabdor shaxs intizomiy javobgarlikka tortilib, 4 nafari egallab turgan lavozimidan ozod etildi. 100 nafar shaxsga nisbatan ma'muriy jazo choralari qo'llanildi.

    SHu bilan birga, Davlat xizmatlari agentligi Toshkent viloyati boshqarmasi mutaxassislari tomonidan davlat xizmatlarini ko'rsatish chog'ida qonunbuzilishi holatlarining kelib chiqishini oldini olish va muammolarni bartaraf etishda vakolatli idoralar bilan hamkorlikda ish olib borilmoqda. Bundan kutilgan maqsad esa bitta bunday holatlarini kamaytirish va barham berishdan iborat.

    Qahramon Hafizov,

    DXA Toshkent viloyati boshqarmasi bo'lim boshlig'i