Oʻtgan yilda inflyatsiya 9 foizdan pasaydi

    Lekin koʻplab masalalar narx-navo oshib, odamlar norozi boʻlganidan soʻng, “qoʻl boshqaruvi” bilan hal boʻlayotgani qayd etildi.

    Lekin koʻplab masalalar narx-navo oshib, odamlar norozi boʻlganidan soʻng, “qoʻl boshqaruvi” bilan hal boʻlayotgani qayd etildi.

    Masalan, narx qimmatlagani uchun 61 turdagi isteʼmol mahsulotlariga nisbatan bojxona bojlari bekor qilindi.

    Lekin, joylardagi iqtisod boʻyicha hokim oʻrinbosarlari, viloyat va tumanlardagi iqtisodiyot boʻlimlari rahbarlari ushbu mahsulotlarni oʻzimizda koʻpaytirish orqali inflyatsiyani jilovlashni oʻylamayotgani tanqid qilindi.

    Fargʻona, Jomboy, Elliqqalʼa, Parkent tumanlari va Yangiyoʻl shahrida mol goʻshti, Konimex, Oltinkoʻl, Boʻston tumanlari va Zarafshon shahrida tuxum narxi oshganiga ushbu hududlar rahbarlari xotirjam qarab oʻtirgani qayd etildi.

    Bosh vazirga ushbu tuman-shahar hokimlari va sektor rahbarlarining lavozimiga loyiqligini koʻrib chiqish topshirildi.