Ikki yil oldin tarmoqlar talabi asosida 289 ta maktabning 10-sinf oʻquvchilariga 60 turdagi kasblarni oʻrgatish boshlandi. Shundan 114 ta maktabga tadbirkorlar biriktirilib, 4 ming oʻquvchi 2 milliondan 5 million soʻmgacha oylik olayapti.
Dehqonobod, Gʻuzor, Kosonsoy, Mingbuloq, Uychi, Guliston, Sardoba, Xovos, Boysun, Denov, Shoʻrchi, Muzrabot, Buvayda, Dangʻara, Hazorasp, Xonqa tumanlari hokimlariga bittadan maktabni ushbu tizimga moslashtirish topshirigʻi berilgan edi.
Lekin ular kasbga oʻqitish uchun na zarur jihoz, na xom ashyo olib bergani tanqid qilindi.