Bu haqda Korrupsiyaga qarshi kurashish agentligi matbuot kotibi xabar berdi.
O‘zbekiston Respublikasi Oliy sudi tomonidan taqdim etilgan ma’lumotlarga ko‘ra, o‘tgan yili respublika bo‘yicha sudlar tomonidan jami 153 ta jinoyat ishi bo‘yicha 252 nafar hokim yordamchisi korrupsiyaga oid jinoyatlar uchun jinoiy javobgarlikka tortilgan.
Aniqlik kiritilishicha, ularning 37 nafariga ozodlikdan mahrum qilish, 38 nafariga ozodlikni cheklash, 160 nafariga axloq tuzatish ishlari, 12 nafariga jarima jazosi tayinlangan. Shuningdek, 5 nafariga boshqa jazo choralari qo‘llanilgan.
"Korrupsiya qarshi kurashish agentligi har bir davlat organi va tashkilotning korrupsiyaga qarshi kurashish bo‘yicha sa’y-harakatlarini qo‘llab-quvvatlab, kelgusida ham uslubiy ko‘mak ko‘rsatishga tayyorligini ma’lum qiladi", deyiladi xabarda.