O'tgan yili dunyo bo'yicha urushlarga 17 trillion dollar sarflandi

    2023-yilda urushlar va mojarolarga 17 trillion dollar sarflangan.

    Bu haqda BAA vazirlar mahkamasi va kelajagi vaziri hamda forum rahbari Muhammad Abdulla al-Gergaviy Dubaydagi Butunjahon hukumat forumi ochilishida ma'lum qildi, deb xabar beradi korrespondent.net.

    Uning so'zlariga ko'ra, bu mablag'ning taxminan 6 foizi bir yil ichida insoniyat oldida turgan eng muhim muammolar, masalan, ochlik va savodsizlikka barham berish, saratonga qarshi kurashishni qo'llab-quvvatlash yoki insoniyatni toza suv bilan ta'minlash xarajatlarini qoplashi mumkin.