Mazkur ariza va shikoyatlarning 93 foizi ijobiy hal etilib, iste'molchilar foydasiga 15 milliard 183 million 829 ming 380 so'm undirib berildi.
Federatsiya va uning hududiy ijro organlari tomonidan iste'molchilardan tushgan 30 ta murojaat asosida fuqarolarning manfaatini ko'zlab sud organlariga da'vo arizalari kiritilishi va ijobiy hal etilishi natijasida 1 milliard 139 million 471 ming so'mlik moddiy-ma'naviy zarar iste'molchilar foydasiga qayta hisob-kitob qilindi.
Iste'molchilardan kelgan shikoyatlarning eng ko'pi, ya'ni 47,9 foizi savdo, 7,8 foizi gaz ta'minoti, 10 foizi elektr ta'minoti, 3,9 foizi suv ta'minoti, 4,2 foizi kommunal xizmat, 1,4 foizi sog'liqni saqlash, 6,2 foizi xizmat ko'rsatish (servis), 2,4 foizi transport, 4,2 foizi aloqa (va internet), 11,9 foizi esa boshqa sohalar hissasiga to'g'ri keladi, deya xabar bermoqda federatsiya matbuot xizmati.