Oliy sudning Jamoatchilik bilan aloqalar markazi rahbari Aziz Obidov oʻzining telegramdagi rasmiy kanalida maʼlum qilishicha, 2024-yil davomida transport vositalarini mast holda boshqarish (MjTKning 131-moddasi) hamda transport vositalari haydovchilarining va yoʻl harakati boshqa ishtirokchilarining mastligi yoki mast emasligini aniqlash uchun tekshiruvdan oʻtishdan boʻyin tovlashi (MJtKning 136-moddasi) bilan bogʻliq maʼmuriy huquqbuzarliklar boʻyicha 32 999 nafar shaxsga nisbatan 32 723 ta ish koʻrib tamomlangan.
Shundan 31 351 nafar shaxsga nisbatan jarima, transport vositasini boshqarish huquqidan mahrum etish va maʼmuriy qamoqqa olish kabi maʼmuriy jazolar qoʻllanildi.