Oʻtgan yili toʻqimachilik va tikuv-trikotaj mahsulotlari ishlab chiqarish 94 trillion soʻmga yetgan

    Prezident raisligida toʻqimachilik sohasida eksport va investitsiya hajmlarini oshirish masalalari yuzasidan videoselektor yigʻilishi boshlandi.

    Oʻtgan yili toʻqimachilik va tikuv-trikotaj mahsulotlari ishlab chiqarish 94 trillion soʻmga yetib, soʻnggi 7-yilda 4,2 baravar oshgani, 2023-yilda tarmoqdagi eksport 3,1 milliard dollar boʻlgani taʼkidlandi.

    Shu bilan birga, oxirgi ikki yilda jahon bozorida toʻqimachilik mahsulotiga boʻlgan talab kamaygani qayd etildi. Bundan tashqari, asosiy eksport bozorlarimizda valyuta kursi bilan bogʻliq muammolar yuzaga keldi.

    Shuni hisobiga oʻtgan yilda toʻqimachilik sohasi eksportdan 200 million dollar yoʻqotdi.