Oʻtgan yili Yaponiyada 300 mingdan ortiq oʻquvchi maktabga bormagan

    Oʻquvchilarning maktabga bormasligining eng keng tarqalgan sababi “motivatsiyaning yoʻqligi”, keyin esa “qoʻrquv va tushkunlik”dir.

    2023-yilda Yaponiyada 30 kundan ortiq maktabga bormagan oʻquvchilar soni 346 482 nafarga yetdi (2022-yilga nisbatan 15,9 foizga koʻp) va barcha oʻquvchilarning 3,7 foizini tashkil etdi, deb xabar beradi KYODO NEWS.

    Yaponiya Taʼlim va fan vazirligi maʼlumotlariga koʻra, mamlakatda bunday talabalar soni 11-yil ketma-ket ortib, tarixiy rekord oʻrnatmoqda.
    Oʻquvchilarning maktabga bormasligining eng keng tarqalgan sababi “motivatsiyaning yoʻqligi”, keyin esa “qoʻrquv va tushkunlik”dir.

    Yaponiya taʼlim vazirligi tahliliga koʻra, bu oʻsishning asosiy sababi koʻpchilik ota-onalar farzandlarini maktabga majburlamasligi va maktabda alohida gʻamxoʻrlikka muhtoj bolalarga yetarlicha yordam koʻrsatilmayotganligidir.

    Bundan tashqari, 2023-yilda bu mamlakatda oʻquvchilar oʻrtasida bezorilik holatlari soni taxminan 733 000 tani tashkil etgan.